"Real" rahbariyati Garet Beylni sotib yuborishi mumkin.
La Vanguardia xabariga ko'ra, Qirollik klubi boshqaruvining bir necha a'zosi prezident Florentino Peresga murojaat qilib, uelslik futbolchidan voz kechishni iltimos qilgan.
Beylning tez-tez jarohat olayotgani va Marko Asensio o'yinining tobora ochilib borayotganini inobatga oladigan bo'lsak, "Real" xo'jayini bu taklifga rozi bo'lishi mumkin.
Biroq, bosh murabbiy Zayniddin Zidan Beyldan ajralishni istamayapti.