"Real" himoyachisi Serxio Ramos "Oltin to'p" sovrinini qo'lga kiritishdan umidvor ekanini aytdi.
"So'nggi yillarda "Oltin to'p"ni Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi qo'lga kiritmoqda. Ammo 2006 yilda himoyachi Fabio Kannavaro unga loyiq deb topilgan. Shu tufayli, men ham uni qo'lga kiritishim mumkin, bu g'ayritabiiy voqea bo'lmaydi. Agar "Oltin to'p"ni qo'lga kiritsam, shubhasiz, bu tarixiy voqea bo'ladi" - dedi Ramos Undici xabarida.