«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Madrid klubidagi faoliyati haqida gapirdi.
«Endi men "Real"dagi asal oyimdaman. Umid qilamanki, hammasi shu tarzda davom etadi. Bizda ajoyib jamoa va jamoaviy muhit bor. Iloji boricha uzoqroq bu erda ishlashga harakat qilaman»,- deb iqtibos keltiradi Mundo Deportivo.
Eslatib o'tamiz, Anchelotti 2013 yildan 2015 yilgacha ham «Real»ni boshqargan. Bu mavsumda uning qo'l ostida jamoa La Ligada beshta o'yin o'tkazdi va to'rt g'alaba, bitta durang qayd etdi.