"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti so'nggi yillardagi zich taqvimga nisbatan o'z noroziligini aytib o'tdi.
"Hozir menda "Real" bilan "asal oyi" davom etmoqda. Klubda uzoq yillar qolishni istayman.
So'nggi paytlarda taqvim juda zich bo'lib bormoqda. Ba'zi o'yinlarda ishtirok etishdan esa ma'no yo'q. FIFA va UEFA buni ko'ra bilishi kerak", - dedi Anchelotti.