Sudya Manuel Ruis de Lara UEFAga Superliga ta'sischi klublariga qo'yilgan sanktsiyalarni bekor qilish va buni tashkilot rasmiy saytida tasdiqlash uchun 5 kunlik muddat berdi.
Aks holda, tashkilot prezidenti Aleksandr Cheferin «jinoiy itoatsizlik» uchun javobgarlikka tortiladi.
Madrid tijorat sudi o'z bayonotida «UEFA Evropa Ittifoqida professional futbol musobaqalarini tashkil etish uchun tegishli bozorda erkin raqobat tamoyiliga putur etkazadigan amaliyotlarni ochiq targ'ib qilib, qonun tashqarisida harakat qilmoqda», deb xabar beradi.