Ispaniya terma jamoasining madridlik muxlislari so'nggi paytlarda himoyachi Pikega nisbatan tinmasdan hushtakbozlik uyushtirayotgan edi.
Ma'lumki, futbolchi Kataloniyani Ispaniyadan ajralib chiqishi tarafdori hisoblanadi va bu madridliklarga yoqmaydi.
Biroq, Serxio Ramos muxlislarni bunday qilmaslikka chaqirdi.
«Muxlislar barcha futbolchilarni hurmat qilishi lozim. Pike bo'ladimi yoki boshqami, ahamiyati yo'q. Fanatlardan bizni qo'llab-quvvatlashini iltimos qilaman. Bizni Italiyaga qarshi murakkab o'yin kutmoqda», — dedi Ramos FourFourTwo xabarida.