Xabaringiz bor, kecha «Real» «Valensiya» maydonidan irodali g'alaba bilan ortga qaytdi (2:1).
Gracenote statistik ma'lumotlariga ko'ra, «Real Madrid» safar o'yinlarida qayd etgan o'zining mag'lubiyatsiz seriyasini takrorlashdi. Madridliklar safarda ketma-ket o'n sakkiz uchrashuvdan buyon yutkazishmayapti.
Bu natija oldin ham ikki marta sodir bo'lgan edi — 1997 va 2016 yillarda. Biroq bu safar «Real» Anchelotti bilan tarixda qolish imkoniyatiga ega. Buning uchun jamoa «Espanol»ga yutqazmasligi kerak.