"Real Madrid" himoyachi Serhio Ramos "Santiago Bernabeu"dagi vaziyatdan norozi bo'ldi.
"Santiago Bernabeu"da hech narsani o'zgartirib bo'lmaydi. Bu har doim sodir bo'lgan va kelajakda ham davom etaveradi. Ba'zan har qanday vaziyatga tayyor turish kerak. Biroq shuni xohlardim "Santiago Bernabeu"dagi muxlislar xattoki Pikega ham xushtak chalishmasa. Futbolchilarni har doim xurmat qilish kerak.
So'nggi paytlarda "Oltin to'p" Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi o'rtasida kechmoqda. Misol uchun, Kannavaro "Oltin to'p"ni qo'lga kiritganda, men hech qanday xayron qolmadim. Agar men ham "Oltin to'p"ni qo'lga kiritsam, tarixiy voqea bo'lar edi." - deydi Ramos.
Eslatib o'tamiz, "Bernabeu"dagi muxlislar "Valensiya"ga qarshi o'yinda Garet Beyl va Karim Benzemaga nisbatan xushtakbozlik namoyish qilishdi.