«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yarim himoyachi Eden Azar nima uchun Chempionlar ligasi doirasida bo'lib o'tgan «Inter»ga qarshi o'yinda (1:0) ishtirok etmagani haqidagi savolga javob berdi.
«Azar tizzasida og'riq his qilayotgani uchun maydonga tushmadi. Bu og'riq uni o'yindan keyin ham bezovta qilayotgandi. Keyinchalik nima bo'lishin ko'ramiz.
Azar hozir yaxshi formaga kirib bormoqda. Unga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lishimiz kerak. Chunki, avvalgi jarohatlar uni bezovta qilib qolishi mumkin. Uning ketma-ket 2ta uchrashuvda ishtirok etishi oson emas.
Eden hozirda biz istagan formada emas, ammo u ishlayapti. Biz unga to'la ishonamiz va eng yaxshi formaga kirishini bilamiz», – dedi Anchelotti.
Belgiyalik futbolchi joriy mavsumda La liga doirasida 4ta o'yinda maydonga tushib, bitta golga uzatma berdi.