«Real» yarim himoyachisi Isko qishki transfer paytida jamoani tark etishi mumkin. Boisi, "Qirollik klubi" u bilan shartnomani bekor qilmoqchi.
Agar Florentino Peres futbolchi bilan kelishuvga erisha olsa, taxminan 6 million evro miqdoridagi pulni tejashga muvaffaq bo'ladi.
"Real" boshqaruvi Anchelotti qo'liga o'tgach Isko ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'layotgandi, ammo Kamavinga kelgach u yana zaxirada qolib ketishi mumkin.
Ispaniyalik o'yinchiga «Yuventus» va «Milan» tomonidan qiziqishlar mavjud.