"Real" qanot hujumchisi Garet Beylning jarohati jiddiy bo'lib chiqdi. Uelslik futbolchi o'tgan haftada mashg'ulotda o'ng oyog'idan jarohat olgan edi.
Shu bois, u "Selta" va "Inter"ga qarshi bahslarda ishtirok etmadi. Chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rik uning mushagida uzilish borligini ko'rsatdi.
Beyl ushbu jarohat tufayli kamida 8 hafta maydonga tusha olmaydi va noyabr oyi o'rtalarda mashg'ulotga qaytadi.