"Real" hujumchisi Karim Benzema «Valensiya»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda "Marca" va "Mundo Deportivo" nashrlari xabar tarqatdi.
Frantsiyalik futbolchi "Qirollik klubi"ning juma kuni o'tkazilmagan jamoaviy mashg'ulotida ishtirok etmagan. U individual tarzda shug'ullangan.
O'tgan haftada bo'lib o'tgan "Selta"ga qarshi bahsda Benzema ishtirok etmasligi haqida xabar tarqatilgandi. Shunga qaramay, Karim vigoliklarga qarshi uchrashuvda to'liq o'ynadi va 3ta gol muallifiga aylandi.
Shundan so'ng 33 yoshli futbolchi «Inter»ga qarshi Chempionlar ligasi bahsida 90 daqiqa harakat qildi.