«Real» hujumchisi Luka Yovich «Yuventus» «radariga tushgan», deb xabar beradi Evro-Futbol nashri. Serbiyalik futbolchi Madrid grandida safida o'z o'rnini egallash uchun harakat qilmoqda. Biroq, agar muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, Turin klubi uni jamoaga taklif qilishga tayyor. Hozircha Yovichning kelajagi aniq emas. Sababi, Luka yangi mavsumda «qaymoqranglilar» tarkibidagi ikkita o'yinda atigi to'qqiz daqiqa o'ynadi.
Calcio Mercato nashri xabariga ko'ra, «Yuventus» Luka Yovichni ijaraga olmoqchi, biroq «Real» serb futbolchisini darhol sotishni reja qilgan.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumning ikkinchi qismini Luka Yovich ijara asosida Germaniyaning «Ayntraxt» klubida o'tkazgan.