Futbolchi shu hafta oxirida "Valensiya"ga qarshi maydonga qaytishi kutilgandi, ammo u yana uch hafta maydonga tusha olmasligi malum bo'ldi.
Oldinroq Mendi kelasi transfer oynasida "Real"ni tark etishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
"Qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti francuz futbolchisiga ishonmaydi. Futbolchiga asosiy davogar "Yuventus" hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, Mendi 2019 yilda 48 million evro evaziga "Real"ga ko'chib o'tgandi. Himoyachi joriy mavsumda maydonga tushmadi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar amal qiladi.