«Real Madrid» yarimhimoyachisi Isko kelasi yozda, yoki qishki transfer mavsumida klub ro'yxatini o'zgartirishi mumkin. Ayni paytda ispaniyalik futbolchiga «Milan» va «Yuventus» da'vogarlik qilmoqda. Bu haqda Italiya matbuoti xabar berdi.
Manbada aytilishicha, har ikki klub ham ispaniyalikning transferi yanvar oyidayoq amalga oshirishni xohlamoqda. Transfermarkt portali Iskoni 18 million evroga baholamoqda.
Eslatib o'tamiz, 19 sentyabr kuni «Real» safarda «Valensiya» ga qarshi o'ynaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.