«Real»ning sobiq hujumchisi, hozirda «Inter Mayami»da o'ynayotgan Gonsalo Iguain, Madrid klubi hujumchi Karim Benzemani jamoaga olib kelgandagi holatini esladi.
«Esimda, birinchi mashg'ulotda Kapello menga e'tibor qaratgan. Bir yil o'tib men 27 gol urdim, Ronaldu esa 26 bor darvozani ishg'ol qildi. Va yozda ular Benzemani sotib olishdi. Bu qanday bo'ldi, tushinmadim. Men kam gol urdimmi? Men haqiqiy to'purarman, klub esa Benzemani olib keldi. Biroq, Karim jamoaga bekorga kelmaganini isbotlay oldi, biz bir-birimizni mukammal ravishda to'ldirdik. Afsuski, biz uzoq vaqt birga o'ynay olmadik», - dedi arhentinalik yulduz.