«Borussiya M» markaziy himoyachisi Mattias Ginter keyingi yozda boshqa jamoaga o'tishi mumkin.
Calciomercato nashri xabariga ko'ra, «Bavariya» futbolchini o'z tarkibiga qo'shib olishga harakat qilmoqda. Shuningdek, «nemis mashinasi»ga «Real Madrid» va «Tottenxem» klublari ham jiddiy tarzda qiziqish bildirgan.
Mattiasning amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyulida tugaydi, ammo «Borussiya» rahbarlari hali ham futbolchi bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolashga harakat qilib ko'rmoqda.