La Liga prezidenti Xaver Tebas pandemiya bilan bog'liq ispan klublarining moliyaviy qiyinchiliklarini muhokama qilib, PSJni katta xarajatlari uchun tanqid qildi.
"Avval ham ta'kidlaganman, ispan futbolida qoidalar buzilmagan. Na "Real", na "Barselona"da.
Ishonamanki, "Real" pandemiya bilan boshqalarga qaraganda yaxshiroq kurashgan, ish haqini qisqartirishga katta kuch sarflagan. Hozirda "Real" o'zi istaganini qilishi mumkin.
Ammo "Real Madrid" hech qachon PSJga aylanmaydi , chunki PSJ — muttaham. Klubdagilarning maoshi qariyb 600 million evroga etgan va buni hazm qilib bo'lmaydi.
Bundan tashqari, "Real" davlat klubi emas, shu bois ular uchun bu imkonsiz", — deydi Tebas