Kanterano terma jamoadan chaqiruv oldi.
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Madridning "Real" klubi yarimhimoyachisi Lukas Vaskezni terma jamoaga chaqirdi. Vaskez Italiya va Lixteynshteynga qarshi uchrashuvda "Las-Palmas" yarimhimoyachisi Vitoloning o'rnini egallaydi.
Ma'lumot uchun, Vitolo tizzasidan olgan jarohati sabab terma jamoa bazasini tark etdi.