«Bavariya» sobiq prezidenti Uli Xeness Myunxenning sobiq himoyachisi David Alabaning «Real»ga o'tishi haqida gapirdi.
«Alaba menga bir marta «Barselona»ga ketmoqchi ekanligini aytdi. Men hayron bo'ldim va u bankrot bo'lish arafasida turgan klub bilan muzokara o'tkazishni xohlayaptimi, deb so'radim. Kataloniyaliklar endi bizga o'rnak bo'la olmaydi. «Barselona» hozirda muammolar va asosiy futbolchilar savdosi tufayli top klublar ro'yxatiga kirmaydi», – deydi Xeness Mundo Deportivo nashriga.