"Real" yarimhimoyachisi Isko faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi Calcio Marcato nashri. Manbaga ko'ra, futbolchiga "Milan" va "Yuventus" kabi jamoalar qiziqish bildirmoqda.
Yarimhimoyachining "Real" bilan shartnomasi kelasi yilgi tugaydi, shuning uchun yanvar oyida boshqa klublar bilan muzokara olib borishi mumkin. Italiya klublari futbolchini tekinga qo'lga kiritmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Isko 2013 yilda "Malaga"dan 30 million evro evaziga ko'chib o'tib, "Real" futbolchisiga aylangandi.
Bu mavsumda u La Ligada uchta o'yin o'tkazdi.