"Real"ning uelslik futbolchisi Garet Beyl jarohati tufayli "Selta"ga qarshi Ispaniya chempionati doirasidagi o'yinini o'tkazib yubordi.
Biroq, Marca nashri xabariga ko'ra, huchumchining jarohati o'ylagandan ko'ra jiddiyroq bo'lganligi haqida ma'lumot berildi. Manbaning xabariga ko'ra, Beyl tizzasidan jarohat olgan. Tekshiruvdan so'ng jarohati og'ir ekanligi ma'lum bo'ldi.
Uelslik futbolchining qachon maydoniga qaytishi e'lon qilinmagan, biroq manba ta'kidlashicha, futbolchining navbatdagi uchrashuvlarni o'tkazib yuboradi.
Eslatib o'tamiz, "Real Madrid" qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha "Valensiya" va "Atletiko"ni ortda qoldirib, to'rtta turdan so'ng 10 ochko jamg'argan holda, La Liga turnir jadvalida birinchi o'rinda bormoqda.