"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan uchrashuvdan so'ng press-konferensiyada qatnashdi.
"O'yinimizdan qoniqdim, lekin natijadan qoniqib bo'lmaydi. Biz bundan ko'prog'iga loyiq edik, lekin bu futbol va biz har doim g'alaba qozonavermaymiz. Ikki ochko yo'qotdik, ammo men qo'l ostimdagi futbolchilardan faxrlanaman. Uchrashuv juda og'ir o'tdi, bizda ko'plab vaziyatlar bo'ldi, biroq ulardan foydalana olmadik. Endi bor e'tiborimizni boshqa uchrashuvlarga qaratamiz. Futbolchilar endilikda terma jamoalarga jo'nab ketadi, undan keyin esa yana birga ishlaymiz. Xa, biz ikki ochkodan mahrum bo'ldik, lekin chempionat endi boshlandi."
Asensio haqida:
"Men uning o'yinidan juda minnatdorman. Ammo Marko meni xayron qoldirgani yo'q. Xa, u ikkita gol kiritdi, lekin natija butun jamoaning mehnati. Men alohida futbolchilarni ajratib ko'rsatishni xohlamayman. Asensioni shu ruxda davom etishini juda ham xohlayman. Marko bizga u bilan shartnoma imzolab xato qilmaganimizni isbotlamoqda."
Benzema haqida:
"Fursatdan foydalanib muxlislar nima istashini aytishdi. Bugun Karim gol ura olmadi, men uning kulib kutib oldim. Xa, bugun u vaziyatlardan foydalana olmadi, lekin bundan vaxima qilishning xojati yo'q. Unga imkon berish kerak."
Beyl haqida:
"Beyl har doim jamoa uchun muhim futbolchi bo'lib qoladi. Beyl bodim Beyl bo'lib qolaveradi, biz u bilan ishlashdan xursandmiz. Muxlislarning unga bo'lgan xushtakbozligi hech narsani o'zgartirmaydi. Unda xavfli vaziyatlar bo'ldi, ammo foydalana olmadi. Bu yerda qo'rqinchli xolat ko'rmayapman. Men hech qachon futbolchilarimni ayblamayman, qaytanga ularga ishonch bildiraman."