"Real" hujumchisi Vinisius Junior klub rahbariyatining ishonchi va Mbappe haqida gapirdi.
"Florentino Peres jamoaga kelgani birinchi kundanoq menga ishondi. U menga ko'p yordam beradi. Men "Real Madrid"dagi hayotimni yaxshi ko'raman.
Mbappe? Ajoyib o'yinchi, men uniing muxlisman! Ishonchim komilki, u "PSJ"dagi eng yaxshi mavsumni o'tkazadi. Keyin uning kelajagi nima bo'lishini ko'ramiz", - so'zlarini keltirdi Vinisius As nashrri.
Eslatib o'tamiz, 31 avgust kuni "Real" 22 yoshli Mbappe uchun 220 million evro taklif qilgani, ammo "PSJ" frantsuz futbolchisini sotishdan bosh tortgani haqida xabarlar tarqalgan edi.