"Marca" xabariga ko'ra, chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rik natijalari uning o'ng oyog'i son qismida jarohat borligini malum qilgan. Beyl "Real"ning 6 o'yinini o'tkazib yuborishi aniq bo'lgan. Oktyabr oyi o'rtalarida u yana bir bor tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Beyl ushbu mavsumda "Real" tarkibida 3 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi. Uning klubi bilan kelishuvi kelasi yozda yakunlanadi.