«Real Madrid» hujumchisi Vinisius Junior «Selta» bilan o'yindagi harakatlari uchun jazolanmaydi.
Vinisius hisobini tenglashtirgandan so'ng muxlislar oldiga yugurib bordi. Hakam ushbu vaziyatda braziliyalikka sariq kartochka ko'rsatdi.
Marca xabariga ko'ra, Vinisiusga qo'shimcha jazo qo'llanilmaydi. Koronavirus pandemiyasi davrida qat'iy qoidalarga qaramay, bunday qonunbuzarliklar uchun jazo yo'qligi aytildi.