Madridning "Real" klubi futbolchisi Garet Beyl La Liganing 4-turi doirasidagi "Selta"ga qarshi o'yinni o'tkazib yubordi (5:2).
32 yoshli uelslik futbolchining o'ng oyog'ining son qismidagi jarohati bor edi. Marca nashrining hisob-kitoblariga ko'ra, Beyl jarohat tufayli "Real"ning 102-o'yinini o'tkazib yubordi. U 2014 yil yozida Madrid klubiga ko'chib o'tdi va oxirgi mavsumni ijara asosida "Tottenxem"da o'tkazdi.
2021/22 yilgi mavsumda Beyl "Real Madrid"ning La Liga doirasidagi uchta
o'yinida maydonga tushib, bir gol va bir asistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.