26 yoshli franciyalik futbolchining xizmatlariga Turinning "Yuventus" klubi qiziqish bildirmoqda.
"Keksa sinora" Mendini Aleks Sandroga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. "Qaymoqranglilar" Ferlanni sotishi mumkin, sabab jamoa ustozi Karlo Anchelotti ko'proq Migel Guterresga ishonch bildirmoqda.
Mendi 2019 yilning yozida "qirollik klubi" o'yinchisiga aylangan edi. Francuzning "Real" bilan shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.