"Bu muxlislar bilan atmosfera sabab biz uchun alohida kecha bo'ldi. Birinchi taym biroz g'alati ko'rinish oldi, sababi biz muxlislar bilan o'yinga ko'nikishimiz kerak edi. Ikkinchi taymda esa g'alaba qozonish uchun xohlaganimizni qildik.
Gol o'tkazmaslik uchun himoyada ko'proq ishlashimiz kerak deb o'ylayman. Biz ko'plab gollar urib, g'alaba qozonmoqchimiz, himoyani ham unutmagan holda.
Vinisius - fenomen. U yosh va menga u bilan o'ynash juda ham yoqadi. U doim jamoaga o'ynashi mumkinligini ko'rsatdi. Kamavinga yosh va u bizga ko'plab narsalarni keltiradi", - deydi Benzema.
"Real" 10 ochko jamg'ardi va birinchi o'ringa chiqib oldi. "Selta" esa 1 ochko bilan 18-o'rinda.