"Real" hujumchisi Karim Benzema Ispaniya chempionatining 4-turi doirasida bo'ladigan "Selta"ga qarshi o'yinda zaxirada qoldiriladi. Bu haqda "AS" nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, frantsiyalik futbolchi mavsum boshlanganidan buyon ketma-ket 6ta o'yinda — La liga doirasida 3ta, shuningdek, terma jamoa safida 3ta bahsda ishtirok etdi. Shu bois, Anchelotti unga dam berishga qaror qildi.
Boshlang'ich tarkibda uning o'rnini Yovich egallashi kerak edi, ammo serbiyalik futbolchining oshqozonida kasallik aniqlandi. Shu bois, Anchelotti asosiy tarkibda Mariano Diasni maydonga tushirsa kerak.