AS nashri Britaniyaning Daily Star nashri xabariga asoslanib "MYU" rahbarlari "Real Madrid"ga Garet Beylga hali hamon qiziqish bildirayotgani haqida ogohlantirib o'tganini tasdiqladi.
Mankunianliklar Beyl uchun 105 mln yevrodan voz kechishga tayyor. Bu transfer oynasining yakuniy pallasidagi syurpriz bo'lishi mumkin. "Qizil iblislar" Marko Asensio tobora kuchayib borayotganligi sababli Beylni jamoadan ketishi mumkinligini tahmin qilmoqda va shu sababli "Real"ni Beylni sotib olish niyati borligi bilan ogohlantirib qo'ydi.