As nashri tarqatgan xabarlarga ko'ra, uelslik futbolchi o'ng oyog'ining son qismida muammolar kuzatilgan. Jamoasining kechagi mashg'ulotlari chog'ida u o'zini noqulay his qilgan va muddatidan oldin mashg'ulotlarni yakunlagan.
Katta ehtimol bilan futbolchi ECHL doirasida 15 sentyabr kuni “Inter”ga qarshi bo'ladigan uchrashuvni o'tkazib yuboradi.
Joriy mavsumda Beyl “Real” va Uels termasi tarkibida jami 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urishga erishdi.