Xabaringiz bor, bir necha kun oldin Eduardo Kamavinga «Real»ning yangi o'yinchisi sifatida tanishtirilgandi.
Frantsuzning matbuot anjumanini translyatsiya qiladigan teledeporte ispan telekanali yoqimsiz ahvolda qoldi.
Jurnalist Lorena Gonsales mikrofoni o'chirilgan deb o'ylab 18 yoshli futbolchiga nisbatan yoqimsiz so'zlarni aytib yubordi.
«Bu yigit kostyumidan ko'ra qora», - deb yubordi teleboshlovchi ommani oldida va keskin tanqidlarga sabab bo'ldi.
Gonsales bugun o'zining ijtimoiy tarmoqlarida buning uchun kechirim so'ragan postini joylashtirdi.
"Mening so'zlarimda yomonlik yo'q edi, lekin men hali ham tushunamanki, men bunday demasligim kerak edi.
Uzr so'rayman. Men, barchangiz kabi, zamonaviy dunyoda irqchilikning har qanday holatda namoyon bo'lishiga qat'iyan qarshiman”, deb yozgan jurnalist.