"Real" klubi mavsumning dastlabki turlaridagi o'yinlarida ishlagan hakamlar ishidan qoniqmagan.
El Bernabeu xabariga ko'ra, Qirollik klubi "Barselona"ga qarshi Ispaniya superkubogi o'yinida Ronalduning va "Deportivo"ga qarshi La Liga o'yinida Serxio Ramosning maydondan chetlatilishidan norozi bo'lgan.
Endi esa "Real" "Valensiya"ga qarshi La Liga o'yinida ishlagan hakam Fernandes Borbalanga e'tiroz bildirmoqda. Madridliklar fikriga ko'ra, u raqib darvozasiga ikkita penalti belgilamagan va Iskoni urgan Joffrey Kondogbiyani maydondan chetlatmagan.