"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino yakshanba kuni faoliyatidagi 1000-o'yinini o'tkazadi. Shu munosabat bilan "Manchester Yunayted" sobiq ustozi Aleks Fergyuson portugaliyalik murabbiyni tabrikladi.
"Murabbiy sifatida 1000-uchrashuvga erishish - Joze va uning oilasi uchun ajoyib kun", - dedi "Manchester Yunayted" sobiq murabbiyi Liga murabbiylar assotsiatsiyasi saytiga.
- Evropaning to'rtta chempionatida g'olib bo'lgan va albatta, ikki marta Chempionlar Ligasi g'olibi bo'lganligi Joze uchun faxrlanadigan natija. Uning
natijalari Mourni eng zo'r murabbiylardan biri deb hisoblash imkonini beradi, - deb qo'shimcha qiladi ser Aleks Fergyuson.
Eslatib o'tamiz, "Sassuolo"ga qarshi o'yin "Benfika", "Leyro", "Portu", "Chelsi", "Inter", "Real", "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" jamoalarida ishlagan 58 yoshli portugaliyalik uchun 1000-o'yin bo'ladi.