"Lester Siti"ning belgiyalik yarim himoyachisi Yuri Tilemansga "Real", "Barselona" va "Manchester Yunayted" qiziqmoqda, deb xabar beradi AS nashri jurnalist Fabritsio Romanoning so'zlariga tayanib.
Transfer 2022 yilning yozida amalga oshishi mumkin. Qayd etilishicha, Pol Pogba ketsa, "Manchester Yunayted" belgiyalikni sotib oladi.
Yarimhimoyachining "tulkilar" bilan shartnomasi 2023 yilning yozida tugaydi, ammo futbolchi klub bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni keyinga qoldirgan.
Tilemansning transfer qiymati 55 mln evroni tashkil etadi. Yuri 2019 yildan beri "Lester"da o'ynaydi. Bungacha u "Monako" va "Anderlext"da o'ynagan.
O'tgan mavsumda Angliya Premer-ligasida belgiyalik yarimhimoyachi 38 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.