«Real Madrid» kelasi yozda jamoani kuchaytirish variantlarini qidirishda davom etadi.
Ispaniyaning AS nashri xabariga ko'ra, «qirollik klubi» Angliya Premer-ligasining ikki yarimhimoyachisi bilan shartnoma imzolashdan manfaatdor. «Lester Siti»dan Yuri Tilemans va «Manchester Yunayted» a'zosi Pol Pogba madridliklar qiziqish markaziga tushgan.
Eslatib o'tamiz, Pogbaning «qizil iblislar» bilan shartnomasi 2022 yil 30 iyunigacha mo'ljallangan. Frantsuzning o'zi «Real»da o'ynamoqchi bo'lgani uchun uni yangilash niyatida emas.