"Real" prezidenti Florentino Peres yozda Garet Beylni qo'yib yuborishga qaror qildi. El Confidencial nashri xabariga ko'ra, Madrid klubi 32 yoshli uelslik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha hech qanday taklif bildirmaydi.
Futbolchining "Real" bilan hozirgi shartnomasi 2022 yilning 1 iyuliga qadar amal qiladi. U Madrid jamoasida 2013 yildan beri o'ynaydi.
Beyl o'tgan mavsum "Tottenxem"da ijarada o'ynagan. Uelslik Angliya chempionatida 20 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.