Madridning "Real" klubi "Penarol" klubi hujumchisi Agustin Martinesga qiziqish bildirmoqda.
AS nashri xabariga ko'ra, "qirollik klubi" rahbariyati milliy terma jamoasida debyut qilgan 20 yoshli urugvaylik hujumchining Boliviyaga (4:2) qarshi uyinda gol urishga muvaffaq bo'lgan hujumchini sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda.
"Qaymoqranglilar" Martinesni 20 million evroga sotib olishi mumkin, bu tovon puli sifatida futbolchining shartnomasida ko'rsatilgan, lekin avval ular narxni pasaytirish bo'yicha muzokara o'tkazishga harakat qilishadi.
Ehtimol, shartnoma yanvar oyida amalga oshishi mumkin va Agustin dastlabki olti oyda "Real"ning ikkinchi jamoasida o'ynaydi.
Eslatib o'tamiz, Urugvayning joriy chempionatida Martines "Penarol" safida
14 o'yinda sakkizta gol urdi.