Madrid klubi 32 yoshli uelslik futbolchiga shartnomani uzaytirish borasida hech qanday taklif bermaydi.
O'yinchining "Real" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning 1 iyuliga qadar mo'ljallangan. U 2013 yildan beri Madrid jamoasida o'ynaydi.
Beyl o'tgan mavsum "Tottenxem"da ijarada o'ynadi. U Angliyada 20ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 2ta assist qayd etdi.