Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi rahbariyati "Real"ning 33 yoshli braziliyalik futbolchisi Marselo bilan transfer oynasining oxirgi kunida muzokara o'tkazishga urindi.
AS nashri xabariga ko'ra, Marselo "qirollik klubi" tarkibidashartnomasining oxirigacha o'ynamoqchiligini va kelayotgan yozda "Fenerbaxche" bilan mumkin bo'lgan transfer shartlarini muhokama qilishga tayyor.
Qayd etilishicha, har ikki klubda o'ynagan Roberto Karlos Marselo transferiga yordam berishi mumkinligini aytgan.