Yozgi transferlar oynasi bizga bir nechta ajoyib xaridlarni taqdim etdi. Butun Evropa klublari yoz davomida o'z futbolchilarini qidirish bilan vaqt o'tkazdi. Ayniqsa, Italiya klublari ancha yangiliklarni amalga oshirdi. Bu boshqa chempionatdan bo'ladimi yoki ichki ko'chishlar, baribir klublar saviyasini belgilab beruvchi va ta'sir etuvchi kuchga ega bo'ldi. Quyida siz bilan A seriyada amalga oshirilgan eng yaxshi transferlar haqida gaplashamiz.
1. Merix Demiral – «Atalanta»
O'tgan mavsumda «Yuventus»dan markaziy himoyachini ijaraga olgan «Atalanta» uni sotib olish sharti bilan tarkibga qabul qilgan edi. Demiral Italiyada bir mavsumda yil himoyachisi nomiga loyiq topiladi. Klub Kristian Romeroni Demiralga almashtirdi deyish mumkin. Bu jamoaga faqat foyda keltiradi. Chunki Demiral o'ta tajribali futbolchi.
2. Manuel Lokatelli – «Yuventus»
Transferlar oynasi ochilgan paytda biz aynan mana shu xaridni kutgan edik va bu sodir bo'ldi. Lokatelli Turinga ko'chib o'tdi. Sobiq «Sassuolo» yulduzi «Yuve» jamoasi markaziga o'yin nazorati borasida ijobiy balans beradi. U Turinga yana shonli yurishlarni qaytara olishi taxmin qilingan. Super maestro deb nom olgan Manuel pleymeykerlikni yaxshi o'zlashtirgan.
3. Xoakin Korrea – «Inter»
Milan shahrining amaldagi chempionlari yozgi transferlar oynasida boyidi, ammo o'z etakchilaridan mahrum bo'ldi. Lukaku va Hakimini Evromaydondagi raqiblariga sotib yuborgan klub, yaxshi transferlarga ham qo'l urgan. Ulardan biri va ko'p ta'kidlangani, Xuakin Korreadir. U «Latsio»dan sotib olindi. Ilk mavsumdagi debyutidayoq «Verona»ga qarshi maydonda o'zgarishlar qila oldi. Korrea tez orada «San Siro»ni «yondirishi» mumkin.
4. Mattia Zakani – «Latsio»
Rimliklar bu yozda Korreani yo'qotdi. Ammo ular Zakaynini qo'lga kirita oldi. Uni Italiyadan tashqarida yaxshi tanimasliklari mumkindir, biroq 26 yoshli hujumchi raqiblar uchun yaxshi boshog'riq bo'lish xususiyatiga ega. Zakkayni aqlli hujumchi va juda ham tezkor sanaladi. U Mauritsio Sarri boshchiligida yaxshi natijaga erisha oladi. Shuningdek, jamoaning hujumkor tizimini barpo etishi mumkin.
5. Teun Kopmeyners – «Atalanta»
Evropaning elit klublari eshelonidagi qismi Koopmenersga qiziqqan edi. Hatto, «Liverpul» ham. Ammo «Atalanta» iqtidorli niderlandni o'ziga «bo'ysundira oldi». 23 yoshli futbolchi maydonning markaziy qismida etakchiga aylana oladi. Undan ko'p narsa kutilmoqda. Gasperini bekorga «AZ Alkmaar»ga bu futbolchi uchun 12 million evro to'lagani yo'q, axir...
6. Eldor Shomurodov – «Roma»
Yoz bo'yi rimliklarga yaxshi bir hujum vakili kerakligi haqida ko'p gapirildi. «Roma» bu paytda o'z nishonlari ortidan quvayotgan edi. Ularning biri Shomurodovdir. Yorqin o'zbek futbolchisi bu yozda «Jenoa»dan Italiya poytaxtiga yo'l oldi. U allaqachon o'zini barcha uchun isbot eta olgan. Garchand u jamoada kafolatlangan asosiy tarkib futbolchisi bo'lmasada, Jozening asosiy quroliga aylanishi mumkin.
7. Patrik Kutrone – «Empoli»
Kutronening faoliyati juda beqaror edi. Asli «Milan» hujumchisi bo'lgan 23 yoshli futbolchi ancha yillardan beri «Vulverxempton», «Fiorentina» va «Valensiya»dagi ijaralarda yurib qaytdi. Uning darbadarligi debyutant klub «Empoli»da yakun topdi. Hozirda u g'alabalar uchun tayyor va buni «Yuve»ga qarshi o'yinda isbot eta oldi.
8. Marko Arnautovich – «Bolonya»
Bir nechta beshlik klublari radarida bo'lgan Marko bu yozda Evropaga yana qaytdi. Uning Xitoydagi sarguzashtlari yakun topgach, Italiyaning eng o'rtamiyona klubi «Bolonya»ga kelib qo'shildi. U doimo jarima maydonchasi atrofida xavfli bo'lgan. Bu «rossoblyular» uchun yaxshi poydevorga aylanishi mumkin.
9. Alvaro Odriosola – «Fiorentina»
Alvaroning faoliyati bundan uch yil ilgari «Real»ga ko'chganidan so'ng, yuksalib ketishi taxmin qilingan edi. Biroq bunday bo'lmadi. Madridliklar uni Italiyaga sotib yubordi. Binafsharang libos egalari futbolchiga o'zini namoyish etishi uchun yaxshigina imkoniyat yaratmoqchi. O'ng qanot himoyachisi yillar davomida barqaror o'ynay olmayotgan edi. «Fiorentina» rahbariyati esa ispaniyalikni talanti hali to'liq ko'rinmaganini sezdi shekilli, darrov uni jalb qildi. U Italiyada kuchli mudofaa yasashi mumkin. Bu jarayonni esa kuzatishda davom etamiz.
10. Tammi Abraxam – «Roma»
Ancha o'ylardan keyin, ohiri baribir sotib yuborilgan futbolchi yangi klubiga tezda moslashib ketdi. U ilk bahslardanoq o'zini ko'rsatib, gollar ura boshladi. «Chelsi»da joy topa olmagan Tammi, Italiyada yuksalishni lozim ko'rdi. «Roma» esa u orqali hujumini kuchaytirib oldi. To'g'ri, klub yozda tarkib uchun anchagina harajatga botdi. Endilikda, buni natijasini ko'rishdan umidvor bo'lib turibdi. Harxolda, bekorga Abraxam uchun 35 million funt sarf etilmagan.
ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi