"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl jahon chempionatini har ikki yilda o'tkazish g'oyasiga o'z munosabatini bildirib o'tdi.
«Jahon chempionatini har ikki yilda o'tkazish fikri menga yoqmadi. Menimcha, u o'z tarixini yo'qota boshlaydi. Musobaqani har 4 yilda o'tkazish uni nufuzli qiladi», — dedi Beyl.
Eslatib o'tamiz, Mundialni har ikki yilda o'tkazish g'yaoyasi FIFA tomonidan ilgari surilgan edi.