«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti «Selta»ga qarshi bo'ladigan o'yinda tarkib bilan bog'liq muammolarga duch keladi. Jamoaning 6 nafar futbolchisi La liganing 4-turi doirasidagi bahsda "Qirollik klubi"ga yordam bera olmaydi.
Toni Kroos va Luka Modrich jarohatdan so'ng tiklanishda davom etishmoqda. Modrich terma jamoasi safiga yo'l olgan bo'lsa-da, Xorvatiyaga yordam bera olmadi.
Vinisius, Kazemiro va Militao Braziliya terma jamoasi safida JCh-2022 saralash bosqichi doirasida Peruga qarshi o'yinda ishtirok etishi kutilmoqda. Ular ikki kundan keyin bo'ladigan o'yinda qatnashishga tayyor bo'lishmasa kerak.
Urugvaylik Fede Valverde ham shunga o'xshash vaziyatda. U payshanba kuni Ekvadorga qarshi bahsda maydonga tushganidan so'ng jismoniy jihatdan tiklanishga ulgurmaydi.
Shu tariqa, Karlo Anchelotti maydon markaziga jamoaning yangi futbolchisi Eduardo Kamavingani maydonga tushirishga majbur bo'lishi mumkin.