"Bugun klubimiz yosh francuz futbolchini kutib oldi, ishonamanki, u o'z iqtidorini, kuchini va mukammallashuvini namoyish eta oladi.
Bolaligidan u buyuk futbolchi bo'lishga tayyorlandi va o'shandan buyon qachondir "Real" libosini kiyishni orzu qilardi. Kutilgan onlar keldi.
U endigina 18 yoshda bo'lishiga qaramay, Evropaning grand klublarida to'p surishga loyiq futbolchilardan biriga aylandi.
Kamavinga madridliklar sharafini himoya qilmoqchi edi va "Santyago Bernabeu"da o'ynashni orzu qilardi, biz esa uning ulkan istedodini qadrlab, unga ishonishni istaymiz", — dedi Peres futbolchining taqdimotida.