Futbolchilar mashhurlikka erishganidan keyin, tabiiyki ularga talab orta boradi. Ayniqsa, katta korporatsiyalar yulduz futbolchilar reklamasidan umidvor turadi. Shunday jarayon futbol tashqarisida, lekin sportga bog'liq holda ham yuz berishi mumkin. Bu narsa sport anjomlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan hamkorlikda yuz beradi. Quyida eng taniqli yulduzlar va ularning ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan tuzgan shartnomalari haqida qisqacha ma'lumot beriladi.
1. Neymar jamoasi «PSJ» bilan bundan bir yil oldin final bahsida ishtirok etgach, «Puma» butsalarini reklama qilish bo'yicha shartnomaga imzo chekadi. Shartnoma qiymati dunyo rekordini o'rnatgan edi. Ushbu bitim hozirda braziliyalik futbolchiga yillik 23 million funt-sterling daromad olib kelmoqda.
2. Messi butsa reklamasidan milliarderga aylangan dunyodagi ikkinchi futbolchiga aylandi(birinchi o'rinda Krishtianu Ronaldu). Yaqindagina butun dunyoni hayratga solib, «PSJ»ga yo'l olgan futbolchi 2017 yilda «Adidas» bilan butun umrlik shartnoma tuzadi. Ushbu bitim Messiga yillik 18 million funt foyda olib kelmoqda.
3. Neymar faoliyatida yana bir hamkorlikka ega bo'ldi. U «Nike» bilan ishlay boshladi. Bu avvalgi «Puma»ga jiddiy raqib kompaniya sanaladi. Shunday bo'lsa ham Neymar har ikki kompaniya bilan hamkorlikni davom ettirishga harakat qilmoqda. «Nike» bilan 11 yillik shartnoma tuzilgan va bu Neymarga katta daromad manbai bo'lib xizmat qilayotgani shubhasiz.
4. «Nike»ning barcha davrlardagi sovrin jamg'armasida eng ko'p maosh oluvchi shaxs bu Ronaldudir. U hozirda hatto Neymardan ham ko'p ishlab topmoqda. Uning «Nike» bilan umr bo'yi tuzgan shartnomasining umumiy qiymati 780 million funtni tashkil etadi. Krishtianu «Nike» bilan Maykl Jordan, LeBron Jeymsdan keyin butun umrlik shartnoma imzolagan uchinchi sportchiga aylangan. U hozirda bir yilda kompaniyadan o'rtacha 15 million funt maosh olmoqda.
5. «Nike»ning eng katta afishalarida ko'rinish bera boshlagan Kilian, 2019 yilda «Adidas» bilan savdo urushiga duch keladi. U Amerika kompaniyasi bilan 10 yillik bitim tuzdi. Bu kelishuv asosan u oliy ligalarda o'ynaganida faol bo'ladi va qiymati umumiy 140 million funtni tashkil etadi. U yoshlikdagi kumiri Ronalduga havas qilib shunday yo'l tutganini e'tirof etgan. Shartnoma Mbappega yillik 14 million funtgacha foyda olib kelmoqda.
6. 2014 yilda italyalik tilla bola Mario Balotelli «Milan» klubining eng umidli futbolchisi edi. O'shanda Italiya termasining asosiy futbolchisi sanalgan Mario, butun millatning yagona g'alaba umidiga aylanadi. Uning «Nike» bilan shartnomasi yakuniga etgach, «Puma» bilan yillik 5 million funt foyda olib keluvchi shartnomaga imzo chekadi. Afsuski, shunday futbolchi, iste'dod egasi hozirda Turkiyaning «Demirspor» klubida o'z vaqtini o'tkazmoqda.
7. O'tgan mavsumni «Tottenxem»da ijarada o'tkazgan Garet Beyl yana Madridga qaytdi. Uelslik sehrgar «Real»da yiliga 18 million funt ishlab topmoqda. Beyl hozirda «EA Sports», «Lucozade», «Adidas» bilan eksklyuziv homiylik shartnomalariga ega. Ulardan eng kattasi esa nemis ishlab chiqaruvchisi «Adidas» bilan tuzilgan bitim bo'lib, u Garetga yiliga 4 million funt foyda olib kelmoqda.
8. 2015 yilda Antuan Grizmann «Puma» bilan 10 yilga mo'ljallangan bitim tuzadi. O'sha paytda frantsuz jahon super yulduziga aylana boshlagan edi. U «Barselona»ga 108 million funt evaziga o'tgani ham bejiz emas. Kompaniya 2019 yilda Antuanning maxsus butsalarini ishlab chiqardi. NETFIT Grizi butsasi o'shanda 229 funtdan sotilgan edi. Grizmann bu kelishuvdan yiliga 3,5 million funt foyda ko'rmoqda.
9. «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Pogbaga hozirda «Adidas» tomonidan 3 million funt ajratilmoqda. U televizorlardagi reklamalarda tez-tez ko'rinish bermoqda. Ayniqsa, uning «Adidas Predator» butsalari reklamasidagi chiqishi ommalashib ketdi. Pogbaning bu borada 10 yillik shartnomasi mavjud va bitim qiymati 30 million funtga teng. Pogbani yaqin orada «Nike» o'z ro'yxatiga olib kirmoqchi.
10. «Liverpul» klubi hujumchisi Muhammad Saloh eng biznesbop qiyofaga ega futbolchiga aylangan. Bu borada u Afrika hamda O'rta Sharqda, ayniqsa mashhurdir. Saloh «Adidas» bilan bitim tuzgan bo'lib, kompaniyaning X18 futbol butsalarini reklama qilishda faol qatnashdi. U bu uchun yillik 2,5 million funt ishlab topmoqda. Saloh, shuningdek, «Pepsi» hamda «Vodafone» bilan ham kelishuvga ega.
ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi