"Real"ning yangi futbolchisi Eduardo Kamavinga "qaymoqranglilar" lagerida birinchi mashg'ulotini o'tkazdi. 18 yoshli frantsuz futbolchisi klubning mashg'ulotlar zaliga tashrif buyurdi va u erda yangi jamoadoshlari bilan tanishtirildi.
31 avgust kuni "Real Madrid" rasmiy saytida "Renn" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi. 18 yoshli futbolchining Madrid klubi bilan
shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan.
Kamavinga "Renn" bitiruvchisi va 2019 yildan buyon birinchi jamoada o'ynaydi. O'tgan mavsumda yarimhimoyachi Liga 1 musobaqasida 35 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.