"Real Madrid" yarimhimoyachisi Marko Asensio yozgi transferlar mavsumda jamoani tark etishdan bosh tortdi, garchi Evropadan bir nechta takliflar kelgan bo'lsa ham, ispaniyalik madridliklar safida qolishni istadi.
Marca nashri xabariga ko'ra, so'nggi bir necha oy ichida "Milan" va "Tottenxem" vakillari 25 yoshli ispan vingerini sotib olishga tayyor edi.
Biroq, Asensioning o'zi "Real"ni tark etmaslikka qaror qildi va Karlo Anchelotti jamoasida o'zini munosib ko'rsatishini umid qilmoqda.
Aytgancha, "Liverpul" bir necha kun oldin futbolchining transferi uchun taxminan 35 million funt to'lashga tayyor ekanligi haqida ma'lumotlar tarqalgan edi.