PSJ klubi prezidenti Nasser Al-Xelayfi "Real" bilan o'tkazilgan muzokaralar va nega 200 mlnlik taklifga rad javobi berilgani haqida gapirdi.
"Mbappega bo'lgan 200 millionlik taklif? Ushbu holatda eng muhim bo'lgan narsa - bu moliyaviy feyr-pley. Klub moliyaviy feyr-pley qoidalarini hurmat qildi", -deydi Nasser Al-Xelayfi.
Eslatib o'tamiz, "Real" Madrid" klubi Kilian Mbappega 200 mln evrolik taklif jo'natgan, ammo PSJ ushbu taklifni rad etgandi.