"Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger kelasi yili klubini o'zgartirishi mumkin.
28 yoshli nemis markaziy himoyachisining "aristokratlar" bilan amaldagi shartnomasi
2022 yilning iyulida tugaydi va u yanvar oyida istalgan klub bilan muzokara o'tkazishi mumkin.
Fichajes nashrining so'zlariga ko'ra, "Real" va "Bavariya" Ryudiger uchun kurashishga harakat qilmoqda.
Ikkala top-klub ham yangi himoyachi qidirmoqda va Antonioni kelasi mavsumda bepul qo'lga kiritishga harakat qilishadi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan transferlar mavsumida "Real" har ikkita etakchi markaziy himoyachisi Varan va Ramosni boshqa klubga ketishiga imkon yaratdi. Shuning uchun madridliklar yangi himoyachi sotib olmoqchi.